Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar oyida 3 237 nafar Koreya fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 341 nafarga yoki 11,8 foizga oshgan.
Ularning safar maqsadlari bo‘yicha taqsimoti quyidagicha:
sayohat – 2 583 nafar;
xizmat yuzasidan – 232 nafar;
qarindoshlarni yo‘qlash – 213 nafar;
o‘qish – 209 nafar.



