Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-fevral holatiga O‘zbekistonda Amerika Qo‘shma Shtatlari kapitali ishtirokida jami 346 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 146 tasi qo‘shma va 200 tasi xorijiy korxonalardir.

Mazkur korxonalarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

Toshkent shahri – 241 ta

Toshkent viloyati – 33 ta

Samarqand viloyati – 21 ta

Buxoro viloyati – 8 ta

Qashqadaryo viloyati – 5 ta

Navoiy viloyati – 7 ta

Farg‘ona viloyati – 5 ta

Jizzax viloyati – 5 ta

Andijon viloyati – 4 ta

Sirdaryo viloyati – 4 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 4 ta

Namangan viloyati – 3 ta

Xorazm viloyati – 5 ta

Surxondaryo viloyati – 1 ta

photo_2026-03-17_16-22-59_p47699