Milliy statistika qo‘mitasining dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar oyida 85,1 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 7,8 % ga oshgan.
Hududlar kesimida sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,1 trln so‘m
Andijon viloyati — 4,4 trln so‘m
Buxoro viloyati — 3,2 trln so‘m
Jizzax viloyati — 2,5 trln so‘m
Qashqadaryo viloyati — 2,8 trln so‘m
Navoiy viloyati — 27,1 trln so‘m
Namangan viloyati — 2,8 trln so‘m
Samarqand viloyati — 3,8 trln so‘m
Surxondaryo viloyati — 1,1 trln so‘m
Sirdaryo viloyati — 2,4 trln so‘m
Toshkent viloyati — 12,2 trln so‘m
Farg‘ona viloyati — 3,5 trln so‘m
Xorazm viloyati — 1,9 trln so‘m
Toshkent shahri — 13,9 trln so‘m



