Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2025-yilda O‘zbekistonning eksport hajmi 33,8 mlrd AQSH dollarini tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 1991-yilga nisbatan qariyb 32 mlrd dollarga yoki 18,8 barobarga oshgan.
Eksport hajmining yillar kesimidagi dinamikasi (AQSH dollarida):
1991-yil — 1,8 mlrd dollar;
1995-yil — 3,7 mlrd dollar;
2000-yil — 3,3 mlrd dollar;
2005-yil — 5,4 mlrd dollar;
2010-yil — 13,0 mlrd dollar;
2015-yil — 12,5 mlrd dollar;
2020-yil — 15,1 mlrd dollar;
2021-yil — 16,7 mlrd dollar;
2022-yil — 19,7 mlrd dollar;
2023-yil — 24,9 mlrd dollar;
2024-yil — 27,3 mlrd dollar;
2025-yil — 33,8 mlrd dollar (dastlabki ma’lumot).



