Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida 156 ta mamlakatdan jami 1 776 336 nafar chet el fuqarolari turistik maqsadlarda O‘zbekistonga tashrif buyurgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 441 ming nafarga yoki 33 foizga oshgan.
Turistlar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:
Qirg‘iz Respublikasi – 521 138 nafar;
Tojikiston – 469 060 nafar;
Qozog‘iston – 386 284 nafar;
Rossiya – 123 310 nafar;
Afg‘oniston – 83 613 nafar;
Turkmaniston – 51 206 nafar;
Xitoy – 49 080 nafar;
Turkiya – 24 212 nafar;
Hindiston – 9 438 nafar;
Koreya Respublikasi – 5 398 nafar.



