2020- yilning 9 oyligida tashish va saqlash tarmog`ining qo`shilgan qiymati tarkibida eng ko`p ulush avtomobil transportiga to`g`ri keldi va 59,6 % ni tashkil etdi (2019- yilning yanvar-sentabrida - 52,8 %).

Mazkur tarmoq umumiy qo`shilgan qiymatida quvur transportining ulushi 15,8 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 18,3 %), temir yo`l transportining ulushi 13,1 % (2019- yilning yanvar sentabrida - 11,5 %), yordamchi transport faoliyatining ulushi 8,9 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 11,3 %), havo transportining ulushi 2,6 % (2019- yilning yanvar-sentabrida - 6,1 %) ni tashkil etdi.
Axborot xizmati


