2020- yil yanvar-oktabr oylarida 77 917 ta kichik tadbirkorlik subyektlari (dehqon va fermer xoʻjaliklarisiz) yangi tashkil etilib, jami faoliyat koʻrsatayotgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni 1- noyabr holatiga 398 771 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida eng koʻp yangi tashkil etilgan kichik tadbirkorlik subyektlari soni:
Toshkent shahrida 12 161 ta;
Samarqand viloyatida 7 332 ta;
Toshkent viloyatida 6 965 ta;
Andijon viloyatida 6 836 tа.
Faoliyat koʻrsatayotgan jami kichik tadbirkorlik subyektlari soni
2019- yilning mos davri bilan taqqoslaganda 121,6 % ga oshgan, iqtisodiy faoliyat turlari kesimida eng koʻp ulushi savdo sohasiga toʻgʻri kelib 31,7 % ni tashkil etgan.
Axborot xizmati


