2020-yilning yanvar-oktabr oylarida 1 371 ta xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilib, jami faoliyat koʻrsatayotgan xorijiy kapital ishtirokidagi korxona va tashkilotlar soni 1-noyabr holatiga 11 475 tani tashkil etdi.
Xorijiy kapital ishtirokida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar sohalar kesimida:
Savdo 30,2%;
Sanoat 27,6%;
Qurilish 11,2%;
Qishloq, oʻrmon va baliqchilik xoʻjaligi 7,6%;
Yashash va ovqatlanish boʻyicha xizmatlar 3,9%;
Axborot va aloqa 3,4%;
Sogʻliqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar koʻrsatish 2,5%;
Tashish va saqlash 2,3%;
Boshqa turlarda 11,2%.
Axborot xizmati


