Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonda 175 trln so‘mlik sanoat mahsulotlari ishlab chiqarildi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilga nisbatan 7,7 % ga oshgan.
Aholi jon boshiga sanoat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi respublika bo‘yicha 4,6 mln so‘mni tashkil etdi.
2026-yil 1-mart holatiga respublikamizda 61,8 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.



