Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2025/2026 o‘quv yili boshida faoliyat yuritayotgan umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni 11 118 tani tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich avvalgi o‘quv yiliga nisbatan 175 taga oshgan.
Hududlar kesimida umumiy o‘rta ta’lim tashkilotlari soni:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 771 ta;
Andijon viloyati – 834 ta;
Buxoro viloyati – 596 ta;
Jizzax viloyati – 598 ta;
Qashqadaryo viloyati – 1 294 ta;
Navoiy viloyati – 387 ta;
Namangan viloyati – 783 ta;
Samarqand viloyati – 1 350 ta;
Surxondaryo viloyati – 1 003 ta;
Sirdaryo viloyati – 345 ta;;
Toshkent viloyati – 935 ta;
Farg‘ona viloyati – 1 119 ta;
Xorazm viloyati – 600 ta;
Toshkent shahri – 503 ta.



