Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-mart holatiga ko‘ra, respublikada 61,1 mingta sanoat korxonalari faoliyat yuritmoqda.
Ular asosiy iqtisodiy faoliyat turlari bo‘yicha quyidagicha:
- oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish – 12,2 mingta
- boshqa nometall mineral mahsulotlar ishlab chiqarish – 8,5 mingta
- kiyim ishlab chiqarish – 6,1 mingta
- tayyor metall buyumlar ishlab chiqarish – 5 mingta
- mebel ishlab chiqarish – 4,2 mingta
- to‘qimachilik mahsulotlari ishlab chiqarish – 3,8 mingta
- rezina va plastmassa buyumlar ishlab chiqarish – 2,9 mingta



