Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonga 2026-yilning yanvar-fevral oylarida 40 ta xorijiy davlatdan qiymati 286 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 1 467 126 dona mobil telefon import qilingan.

Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 301 ming donaga yoki 25,8 % ga oshgan.

Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p telefon yetkazib bergan davlatlar:

Xitoy – 1 246 448 dona;

Vetnam – 186 148 dona;

Hindiston – 12 574 dona;

Koreya Respublikasi – 5 170 dona;

Rossiya – 3 792 dona;

Boshqa davlatlar – 12 994 dona.

telefon_p89799