Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-fevral oylarida O‘zbekistonga 20 ta xorijiy davlatdan qiymati 1,6 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 136,2 tonna kofe import qilingan.

Import hajmi 2025-yilning mos davriga nisbatan 65,4 tonnaga yoki 32,4 foizga kamaygan.

2026-yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga eng ko‘p kofe yetkazib bergan davlatlar:

Italiya – 46,3 tonna;

Efiopiya – 26,7 tonna;

Vetnam – 15 tonna;

Germaniya –  14,8 tonna;

Rossiya –  14,2 tonna;

Boshqa davlatlar – 19,2 tonna.

five-of-the-easiest-coffee-hacks-for-a-tastier-brew-feature_p45719