2020- yilning 10 oyi davomida O‘zbekiston 21 ta xorijiy davlatlarga qiymati 17,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan shisha idish va buyumlarni eksport qilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 10,4 mln. AQSh dollariga yoki 2,4 baravarga oshgan.
Davlat statistika qo‘mitasi ma'lumotlariga ko‘ra, o‘tgan 10 oy mobaynida O‘zbekiston shisha idish va buyumlarni eng ko‘p eksport qilgan davlatlar:
Qozog‘iston – 10,1 mln.;
Tojikiston – 2,6 mln.;
Turkmaniston – 2,2 mln.;
Qirg‘iz R. – 1,4 mln.;
Gruziya – 578,9 ming.;
Singapur – 293,6 ming;
Rossiya – 248,0 ming AQSh dollari.
2020- yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, O‘zbekiston shisha idish va buyumlarni eng ko‘p eksport qilgan hududlar:
Toshkent shahri – 10,6 mln.;
Jizzax viloyati – 2,4 mln.;
Farg‘ona viloyati – 1,7 mln.;
Toshkent viloyati – 911,2 ming AQSh dollari.
Axborot xizmati



