Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yil 1-aprel holatiga O‘zbekistonda chet el investitsiyalari ishtirokida jami 19 072 ta korxonalar faoliyat yuritmoqda.

Ulardan 4 392 tasi qo‘shma va 14 680 tasi xorijiy korxonalardir.

So‘nggi besh yilda chet el investitsiyalari ishtirokida faoliyat yuritayotgan korxonalarning umumiy soni 1,4 barobarga, shu bilan birga xorijiy korxonalarning jamiga nisbatan ulushi 55,5 foizdan 77 foizgacha oshgan.

O‘zbekistonda chet el investitsiyasi ishtirokidagi korxonalar soni bo‘yicha TOP-10 davlatlar:

Xitoy — 5 398 ta;

Rossiya — 3 260 ta;

Turkiya — 2 186 ta;

Qozog‘iston — 1 240 ta;

Janubiy Koreya — 714 ta;

Afg‘oniston — 655 ta;

Ozarbayjon — 442 ta;

Tojikiston — 427 ta;

BAA — 425 ta;

Hindiston — 398 ta.

xorij_p44190