Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-fevral oylarida savdo xizmatlari hajmi 26,3 trln so‘mni tashkil etgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 19,8 foizga oshgan.

Hududlar kesimida savdo xizmatlari hajmi:

Toshkent shahri — 9,4 trln so‘m;

Toshkent viloyati — 2,3 trln so‘m;

Farg‘ona viloyati — 2 trln so‘m;

Samarqand viloyati — 2 trln so‘m;

Namangan viloyati — 1,6 trln so‘m;

Andijon viloyati — 1,4 trln so‘m;

Qashqadaryo viloyati — 1,4 trln so‘m;

Surxondaryo viloyati — 1,3 trln so‘m;

Buxoro viloyati — 1,3 trln so‘m;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 909,1 mlrd so‘m;

Jizzax viloyati — 775,5 mlrd so‘m;

Xorazm viloyati — 766,5 mlrd so‘m;

Navoiy viloyati — 721,6 mlrd so‘m;

Sirdaryo viloyati — 354 mlrd so‘m.

photo_2026-04-20_11-40-09_p92197