Joriy yil 1- iyun kuni Prezidentimiz boshchiligida milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

aktichi524112020

aktichi524112020

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

aktichi524112020aktichi524112020

2020- yilning 24- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Axborot-kommunikatsiya texnologiyalarini rivojlantirish va interaktiv davlat xizmatlari hamda Axborot xavfsizligi boshqarmalari tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

aktichi524112020aktichi524112020

Tadbirda AKTni rivojlantirish, interaktiv davlat xizmatlari, axborot xavfsizligi bo‘yicha qo’mita mutaxassislari hududiy statistika boshqarmalari xodimlarining bilim va salohiyati o’rganildi.

Tadbirda AKTni rivojlantirish va axborot xavfsizligi sohasidagi mavjud muammo va kamchiliklar muhokama va tahlil qilingan holda tizimni rivojlantirish bo‘yicha fikr-mulohaza almashildi.

Hududiy statistika boshqarmalari xodimlariga qo‘mita mutaxassislari tomonidan amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan taklif va tavsiyalar berildi.

Axborot xizmati