Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda 577,2 mingta korxona va tashkilotlar faoliyat yuritmoqda.
Ularning soni o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 41,3 mingtaga yoki 7,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni:
Toshkent shahri — 109 781 ta
Toshkent viloyati — 54 542 ta
Samarqand viloyati — 53 457 ta
Farg‘ona viloyati — 49 303 ta
Qashqadaryo viloyati — 44 221 ta
Andijon viloyati — 35 524 ta
Buxoro viloyati — 35 098 ta
Namangan viloyati — 33 796 ta
Xorazm viloyati — 32 512 ta
Surxondaryo viloyati — 32 030 ta
Qoraqalpog‘iston Resp. — 29 471 ta
Jizzax viloyati — 26 741 ta
Navoiy viloyati — 24 208 ta
Sirdaryo viloyati — 16 522 ta



