Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, iqtisodiyot va ijtimoiy sohani rivojlantirish uchun 2026-yilning yanvar-mart oylarida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 156,3 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 29,6 foizga oshgan.
Moliyalashtirish manbalari bo‘yicha asosiy kapitalga investitsiyalar:
Xorijiy investitsiyalar va kafolatlanmagan xorijiy kreditlar — 107 578,8 mlrd so‘m
Korxona mablag‘lari — 20 530,6 mlrd so‘m
O‘zbekiston Respublikasi kafolati ostidagi xorijiy kreditlar — 10 800,7 mlrd so‘m
Aholi mablag‘lari — 8 656,4 mlrd so‘m
Tijorat banklari kreditlari va boshqa qarz mablag‘lari — 4 249,9 mlrd so‘m
Respublika byudjeti — 3 947,7 mlrd so‘m
Tiklanish va taraqqiyot jamg‘armasi mablag‘lari — 566,3 mlrd so‘m



