Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning 1-aprel holatiga O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan YATT (yakka tartibdagi tadbirkor) lar soni 324 090 tani tashkil etgan.
Hududlar kesimida YATTlar soni:
Toshkent shahri — 49 210 ta
Farg‘ona viloyati — 34 809 ta
Samarqand viloyati — 32 536 ta
Toshkent viloyati — 30 083 ta
Andijon viloyati — 28 019 ta
Qashqadaryo viloyati — 24 760 ta
Namangan viloyati — 22 779 ta
Buxoro viloyati — 19 451 ta
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 18 912 ta
Surxondaryo viloyati — 18 156 ta
Xorazm viloyati — 15 776 ta
Jizzax viloyati — 11 902 ta
Sirdaryo viloyati — 9 089 ta
Navoiy viloyati — 8 608 ta



