2020- yil yanvar-oktabr oylarida Axborot va aloqa xizmatlari sohasida 1 569 ta korxona va tashkilotlar yangi tashkil etilgan. Ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 2020- yil 1- noyabr holatiga 9 214 tani tashkil etib, o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 117,7 foizga oshgan.
Axborot va aloqa xizmatlari sohasida yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar hududlar kesimidagi eng yuqori ko‘rsatkichlar:
Toshkent shahrida – 566 ta;
Farg‘ona viloyatida – 153 ta;
Samarqand viloyatida – 134 ta;
Toshkent viloyatida – 112 ta;
Andijon viloyatida – 106 ta tashkil etilgan.
Axborot xizmati



