Milliy statistika qoʻmitasi maʼlumotlariga koʻra, 2025/2026 oʻquv yili boshiga Oʻzbekistonda faoliyat yuritayotgan nodavlat umumiy oʻrta taʼlim tashkilotlari soni 551 tani tashkil etgan.
Bu koʻrsatkich avvalgi oʻquv yiliga nisbatan 96 taga yoki 21,1 % ga oshgan.
Hududlar kesimida nodavlat umumtaʼlim tashkilotlari soni:
Toshkent shahri — 145 ta
Fargʻona viloyati — 121 ta
Samarqand viloyati — 43 ta
Andijon viloyati — 37 ta
Namangan viloyati — 37 ta
Buxoro viloyati — 32 ta
Qashqadaryo viloyati — 31 ta
Toshkent viloyati — 30 ta
Xorazm viloyati — 26 ta
Sirdaryo viloyati — 17 ta
Jizzax viloyati — 12 ta
Qoraqalpogʻiston R. — 10 ta
Navoiy viloyati — 5 ta
Surxondaryo viloyati — 5 ta



