Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda 191 086 ta tirik tug‘ilish holatlari qayd etilgan.

Tug‘ilishlar tarkibida o‘g‘il bolalar soni 98,5 ming nafarni (jamiga nisbatan 51,5 %), qiz bolalar soni 92,6 ming nafarni (48,5 %) tashkil etdi.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni:

Samarqand viloyati – 23 120 ta

Farg‘ona viloyati – 21 563 ta

Qashqadaryo viloyati – 21 292 ta

Surxondaryo viloyati – 18 468 ta

Andijon viloyati – 16 849 ta

Namangan viloyati – 16 157 ta

Toshkent viloyati – 14 923 ta

Toshkent shahri – 14 040 ta

Xorazm viloyati – 9 183 ta

Buxoro viloyati – 8 741 ta

Jizzax viloyati – 8 616 ta

Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 8 080 ta

Navoiy viloyati – 5 241 ta

Sirdaryo viloyati – 4 813 ta

photo_2026-03-06_17-20-15-2_p20294