Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlar hajmi 5,4 trln so‘mni tashkil etgan.

Sog‘liqni saqlash sohasidagi xizmatlarning 17,5 foizi tibbiy amaliyot va stomatologiya xizmatlariga, 29,9 foizi shifoxona muassasalari xizmatlariga hamda 52,6 foizi boshqa xizmatlar hissasiga to‘g‘ri kelgan.

Hududlar kesimida sog‘liqni saqlash xizmatlari hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 2,5 trln so‘m

Toshkent viloyati — 477 mlrd so‘m

Samarqand viloyati — 410 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati — 365,3 mlrd so‘m

Namangan viloyati — 246,7 mlrd so‘m

Andijon viloyati — 244,5 mlrd so‘m

Buxoro viloyati — 216,1 mlrd so‘m

Xorazm viloyati — 202,3 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati — 201,2 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati — 144,6 mlrd so‘m

Jizzax viloyati — 126,3 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati — 98,9 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 95,3 mlrd so‘m

Navoiy viloyati — 87,2 mlrd so‘m

photo_2026-05-07_15-29-40_p30500