Avval xabar berganimizdek, Toshkent viloyatining Yuqori Chirchiq tumanidagi “Usmonobod” mahallasida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari va ularni to‘ldirish yo‘riqnomasi loyihalarini dastlabki sinovdan o‘tkazish bo‘yicha kuzatuvlar davom etmoqda.

ichi25112020ichi25112020

Kuzatuv jarayonlarida aholini ro‘yxatga olish savolnomalari tarkibiga kiritilgan savollarning aholiga mazmunan tushunarliligi va aholining kuzatuvga munosabati o‘rganilmoqda. Shuningdek, kuzatuvda ro‘yxatga olish uchastkalari va instruktorlar faoliyatini tashkil etish jarayonlari amaliyotda tajribadan o‘tkazilmoqda.ichi25112020ichi25112020

Joriy yilning 25- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Raisining o‘rinbosari M.Ziyadullaev kuzatuv jarayonlari bilan tanishish maqsadida “Usmonobod” mahallasida bo‘lib, kuzatuv ishtirokchilarining jarayon haqidagi fikrlari bilan qiziqdi, ularning taklif va mulohazalarini o‘rgandi.ichi25112020ichi25112020

Mazkur kuzatuvlar pandemiya sharoitida o‘tkazilayotganligi sababli aholiga tibbiy niqoblar va antiseptik vositalari ham tarqatilmoqda.

Axborot xizmati