Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekistonda ta’lim sohasidagi xizmatlar hajmi 11 trln so‘mni tashkil etgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 22,5 foizga oshgan.
Hududlar kesimida ta’lim xizmatlari hajmi:
Toshkent shahri — 5,7 trln so‘m
Samarqand viloyati — 761,2 mlrd so‘m
Farg‘ona viloyati — 645,5 mlrd so‘m
Andijon viloyati — 576,1 mlrd so‘m
Namangan viloyati — 520,6 mlrd so‘m
Toshkent viloyati — 466,7 mlrd so‘m
Buxoro viloyati — 464,0 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati — 423,4 mlrd so‘m
Surxondaryo viloyati — 358,8 mlrd so‘m
Xorazm viloyati — 340,3 mlrd so‘m
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 328,8 mlrd so‘m
Jizzax viloyati — 175,8 mlrd so‘m
Navoiy viloyati — 134,5 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati — 115,7 mlrd so‘m



