Davlatimiz rahbari boshchiligida shu yil 1- iyun kuni milliy statistika sohasini takomillashtirish chora-tadbirlari bo‘yicha o‘tkazilgan yig‘ilishda kadrlar masalasiga alohida to‘xtalib, statistika tizimining barcha mutaxassis kadrlarini o‘qitish, malakasini oshirish yuzasidan topshiriqlar berilgan edi.

sns1

Shundan kelib chiqib, Davlat statistika qo‘mitasi tomonidan belgilangan aniq reja asosida, qo‘mita markaziy apparati va hududiy statistika idoralari xodimlarini tizimli o‘qitish bo‘yicha dastur ishlab chiqilib, tasdiqlandi.

Mazkur grafik asosida joriy yilning iyun-iyul oylarida tizim xodimlarining malakasini oshirish hamda sohaga doir bilim va salohiyatini yanada takomillashtirishga qaratilgan onlayn seminarlar tashkil etilgan edi.

sns2

2020- yilning 26- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasi Makroiqtisodiy indikatorlar va milliy hisoblar boshqarmasi tomonidan hududiy boshqarmalar xodimlar malakasini oshirishga qaratilgan videokonferensiya tashkil etildi.

Videokonferensiyada Davlat statistika qo‘mitasi xodimlari va hududiy statistika boshqarmalari vakillari ishtirok etdi.

sns3

Tadbirda 2020–2025- yillarda O‘zbekiston Respublikasi statistikasini rivojlantirishning milliy strategiyasini amaliyotga joriy qilish, foydalanuvchilarni statistik ma'lumotlar bilan yuqori darajada ta'minlash borasida fikr-mulohazalar almashildi.

Vebinar sohaga oid savol-javoblar tarzida o‘tkazildi. Hududiy statistika boshqarmalarining xodimlari savollarga javob berish jarayonida yalpi ichki (hududiy) mahsulot hajmi, o‘sish sur’ati va deflyatorini hisoblash bo‘yicha alohida to‘xtalib o‘tildi.

sns4

Shuningdek, milliy hisoblarning asosiy tushunchalari va qoidalari va ularni milliy statistika amaliyotiga joriy etish suhbatning asosini tashkil etdi.

Vebinar so‘nggida, sohadagi yutuq va kamchiliklar muhokama qilinib, ish jarayonidagi unumdorlikni oshirish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berildi.

Bunday amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan videokonferensiyalar qo’mitaning boshqa tarmoqlari tomonidan ham tizimli ravishda tashkil etilishi yo’lga qo’yilgan. 

 

Axborot xizmati