Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning yanvar-oktyabr oylarida davlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan jami 3,0 trln. so‘mlik qurilish ishlari bajarilib, barcha mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan jami qurilish ishlarining 4,1 % ini tashkil etdi.
Davlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari bo‘yicha yuqori ko‘rsatkich Navoiy viloyatida kuzatilib, u hududdagi jami qurilish ishlari hajmining 21,4 % ini tashkil etdi. Shuningdek, Andijon - 5,1 %, Buxoro - 4,6 % va Xorazm – 5,7 % viloyatlarida ham nisbatan yuqori ko‘rsatkichlar kuzatildi.
O‘zbekiston Respublikasi hududlarida davlat mulkchilik shaklidagi korxona va tashkilotlar tomonidan bajarilgan qurilish ishlari, jamiga nisbatan % da
Axborot xizmati



