O‘zbekiston Respublikasida 2020- yilning yanvar-oktabr oylarida jami faoliyat yuritayotgan kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan 17,6 trln. so‘m qiymatga teng bo‘lgan mahsulotlar ishlab chiqarildi. Tarmoqning 2019- yil yanvar-oktabr oylariga nisbatan fizik hajm indeksi 104,5 % ni tashkil etdi.

Xususan:

Ammoniy sulfat ishlab chiqarish – 19,3 %;

Natriy nitrat ishlab chiqarish – 8,7 %;

Kaliy xlorid ishlab chiqarish – 4,7 %;

Boshqa azotli o‘g‘itlar va ularning aralashmalarini ishlab chiqarish – 315,4 %ga oshgan.

Kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish korxonalari tomonidan respublika miqyosida ishlab chiqarilgan mahsulotlarning jami hajmida eng yuqori ulush Qoraqalpog‘iston Respublikasi 33,4 %, Toshkent viloyati 16,4 %, Qashqadaryo viloyati 13,5 % hamda Navoiy viloyati 11,2 % hissasiga to‘g‘ri keldi.

sanoatichi26112020

Ma'lumot o‘rnida: Joriy yilning yanvar-sentabr oylarida 669,6 mln. dollarga teng bo‘lgan kimyo mahsulotlari eksporti amalga oshirilib, respublika umumiy eksport hajmining 5,0 % ini tashkil etdi.

 

Axborot xizmati