2020 yil yanvar-oktyabr oylarida Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar sohasida 1 255 ta yangi korxona va tashkilotlar tashkil etilib, 2020- yil 1- noyabr holatiga ko‘ra ushbu sohada jami faoliyat ko‘rsatayotgan korxona va tashkilotlar soni 8 953 tani tashkil etdi.
Hududlar kesimida qaralganda mazkur davrda eng ko‘p yangi tashkil etilgan korxona va tashkilotlar Toshkent shahrida – 244 ta (jamiga nisbatan 19,4 %), Andijon viloyatida 127 ta (10,1%) va Farg‘ona viloyatida 126 ta
(10,0 %) va Toshkent viloyatida 106 tani (8,5%) tashkil qildi.



