Davlat statistika qo‘mitasining ma'lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1- noyabr holatiga qurilish sohasida faoliyat yuritayotgan korxona va tashkilotlar soni 40,3 mingtani tashkil etib, 2019- yilning mos davriga nisbatan 6,7 % ga ko‘paydi. Ularning hududlar bo‘yicha tarkibida eng ko‘p korxonalar soni, ya'ni 7,7 mingtasi Toshkent shahridan ro‘yxatdan o‘tgan. Mazkur hududdagi bu ko‘rsatkich 2019- yilning mos davridagi ko‘rsatkichga nisbatan 17,3 % ga ko‘paydi.
Shuningdek, Toshkent viloyatida 3,5 mingta, Qashqadaryo va Farg‘ona viloyatlarida 3,2 mingtadan hamda Andijon va Samarqand viloyatlarida 3,0 mingtadan qurilish korxona va tashkilotlari ro‘yxatdan o‘tgan.
Axborot xizmati



