Joriy yidning 27- noyabr kuni Davlat statistika qo’mitasi hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti tomonidan “Statistik ma’lumotlarni yig’ish, qayta ishlash va tarqatishda zamonaviy axborot-kommunikatsiya texnalogiyalarining rolini oshirish” mavzusida respublika miqyosidagi ilmiy-amaliy anjumani o’tkazildi.

ichisent27112020

ichisent27112020ichisent27112020

Onlayn tarzda tashkil etilgan tadbirni Davlat statistika qo’mitasi raisi, iqtisod fanlari doktori, professor Begalov Bahodir Abdusalomovich hamda Kadrlar malakasini oshirish va statistik tadqiqotlar instituti direktori, iqtisod fanlari doktori, professor G’oyibnazarov Baxodir Karimovich kirish so’zi bilan ochib berdi.ichisent27112020ichisent27112020ichisent27112020

Shuningdek, anjumanda iqtisod fanlari doktori, Fanlar akademiyasi akademigi Saidahror G’ulomov, Davlat statistika qo’mitasi raisi o’rinbosari Zohidjon Ziyayev va boshqa vazirlik va idoralar hamda oliy ta’lim muassasalari vakillari mavzu yuzasidan fikr-mulohaza birdirishdi.ichisent27112020ichisent27112020

Tadbir davomida milliy statistika tizimi samaradorligini oshirishda katta hajmdagi ma’lumotlar (Big Data) tahlili texnologiyalaridan foydalanish, raqamli iqtisodiy va elektron hukumat ko’rsatkichlari hisobini yuritish va boshqa bir qator mavzular bo’yicha taqdimotlar tinglandi.ichisent27112020ichisent27112020

Anjuman so’nggida mavzu yuzasidan o’zaro fikr-mulohaza almashildi va taklif va tavsiyalar muhokama qilindi.

Axborot xizmati