Joriy yilning 27- noyabr kuni Davlat statistika qo‘mitasida Ijtimoiy soha va barqaror rivojlanish statistikasi boshqarmasi tomonidan sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni rivojlantirish bo‘yicha uchrashuv tashkil qilindi.
Mazkur tadbir Prezidentimizning “Aholining sog‘lom ovqatlanishini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi qarori ijrosini ta’minlash, xodimlar orasida so‘glom turmush tarzini keng targ‘ib qilish maqsadida o‘tkazildi.
Tadbirga Toshkent tibbiyot akademiyasi Bolalar, o‘smirlar va ovqatlanish gigiyenasi kafedrasi o‘qituvchisi, tibbiyot fanlari nomzodi Javohir Xayitov taklif etildi. U sog‘liqni saqlash, jismoniy tarbiya va ommaviy sportni targ‘ib qilish bo‘yicha batafsil ma’lumot berdi. Jumladan, jismoniy tarbiya va sport bilan shug‘ullanish, ish jarayonida jismoniy faollikni oshirish, to‘g‘ri ovqatlanish qoidalariga qat’iy rioya qilish o‘tirib ishlaydiganlar uchun juda muhimligi alohida ta’kidlandi.
Uchrashuv davomida so‘g‘lom turmush tarzini yo‘lga qo‘yish bo‘yicha taklif va tavsiyalar berilib, mavzu yuzasidan qo‘mita xodimlarini qiziqtirgan savollarga mutaxassis tomonidan batafsil javob berildi.
Axborot xizmati





