Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, Toshkent shahrida band aholi soni iqtisodiy faoliyat turlari kesimida quyidagicha taqsimlangan:
Ulgurji va chakana savdo — 241,6 ming kishi;
Ishlab chiqarish sanoati — 188,9 ming kishi;
Qurilish — 161,2 ming kishi;
Ta’lim — 139,4 ming kishi;
Davlat boshqaruvi va mudofaa; majburiy ijtimoiy ta’minot — 118,6 ming ishi;
Tashish va saqlash — 103,1 ming kishi;
Boshqa turdagi xizmatlar ko‘rsatish — 96,2 ming kishi;
Sog‘liqni saqlash va ijtimoiy xizmatlar ko‘rsatish — 79,1 ming kishi;
Yashash va ovqatlanish bo‘yicha xizmatlar — 77,1 ming kishi;
Professional, ilmiy va texnik faoliyat — 71,2 ming kishi;
Axborot va aloqa — 71,1 ming kishi;
Moliyaviy va sug‘urta faoliyati — 43,5 ming kishi;
Boshqarish bo‘yicha faoliyat va yordamchi xizmatlar ko‘rsatish — 33,1 ming kishi;
Ko‘chmas mulk bilan operatsiyalar — 31 ming kishi;
Tog‘-kon sanoati va ochiq konlarni ishlash — 29,3 ming kishi;
San’at, ko‘ngil ochish va dam olish — 20,1 ming kishi;
Suv bilan ta’minlash; kanalizatsiya tizimi, chiqindilarni yig‘ish va utilizatsiya qilish — 13,5 ming kishi;
Elektr, gaz, bug‘ bilan ta’minlash va havoni konditsiyalash — 7,7 ming kishi;
Qishloq, o‘rmon va baliq xo‘jaligi — 5,8 ming kishi.



