Davlat statistika qo‘mitasi ma‘lumotlariga ko‘ra, joriy yilning 1- noyabr holatiga ko‘ra, mamlakatimizga qiymati 64,6 mln. AQSh dollariga teng bo‘lgan 781,7 ming dona mobil telefonlari import qilingan.
O‘zbekiston mobil telefonlarni eng ko‘p import qilgan davlatlar:
Xitoy – 556,6 ming dona;
Vyetnam – 143,4 ming dona;
Hindiston – 36,7 ming dona;
BAA – 23,9 ming dona;
Rossiya – 11,3 ming dona.
Ma‘lumot o‘rnida, mamlakatimizda 2019- yilda 235 ming dona qiymati 31,7 mlrd. so‘mlik uyali va boshqa simsiz aloqa tarmog‘i uchun telefonlar ishlab chiqarilgan.
Axborot xizmati