Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-mart oylarida ishlab chiqarish sanoatida barcha moliyalashtirish manbalari hisobidan 44,5 trln so‘m asosiy kapitalga investitsiyalar o‘zlashtirilgan.
Bu ko‘rsatkich jami o‘zlashtirilgan asosiy kapitalga investitsiyalarning 28,5 foizini tashkil etdi.
Shundan xorijiy investitsiya va kreditlar 40,3 trln so‘mni tashkil etdi.
Ushbu ko‘rsatkichning yillar kesimidagi dinamikasi quyidagicha (yanvar-mart):
2022-yil - 16,3 trln so‘m;
2023-yil - 21,2 trln so‘m;
2024-yil - 31,3 trln so‘m;
2025 yil - 33,1 trln so‘m;
2026-yil - 44,5 trln so‘m.



