Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida 7 355 nafar O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida chet elga safar qilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 2,6 ming nafarga yoki 26,2 foizga kamaygan.
Mazkur davrda O‘zbekiston fuqarolari o‘qish maqsadida eng ko‘p borgan davlatlar:
Qirg‘iz R. – 1 519 nafar;
Rossiya – 1 515 nafar;
Koreya R. – 1 184 nafar;
Xitoy – 472 nafar;
Turkiya – 554 nafar;
Tojikiston – 514 nafar;
Buyuk Britaniya – 413 nafar;
Boshqa davlatlar – 1 184 nafar.



