Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–aprel oylarida O‘zbekistonda moliyaviy xizmatlar hajmi 65,6 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davriga nisbatan 23,8 % ga o‘sgan.
Moliyaviy xizmatlar tarkibi quyidagicha:
sug‘urtalash va pensiya ta’minoti xizmatlaridan tashqari moliyaviy xizmatlar — 88,4 foiz;
sug‘urtalash xizmatlari — 7,2 foiz;
yordamchi moliyaviy xizmatlar — 4,4 foiz.



