Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-aprel oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 3 trln so‘mlik qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarilgan.

Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 17,3 % ga oshgan.

Hududlar kesimida qog‘oz va qog‘oz mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:

Toshkent shahri — 1,3 trln so‘m

Toshkent viloyati — 849,6 mlrd so‘m

Andijon viloyati — 241,4 mlrd so‘m

Samarqand viloyati — 180,4 mlrd so‘m

Farg‘ona viloyati — 159,7 mlrd so‘m

Xorazm viloyati — 94,5 mlrd so‘m

Namangan viloyati — 84,9 mlrd so‘m

Buxoro viloyati — 55,4 mlrd so‘m

Jizzax viloyati — 44,7 mlrd so‘m

Qashqadaryo viloyati — 15,3 mlrd so‘m

Sirdaryo viloyati — 11,9 mlrd so‘m

Navoiy viloyati — 11,5 mlrd so‘m

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1,9 mlrd so‘m

Surxondaryo viloyati — 1,5 mlrd so‘m

qogoz_p83699