Joriy yilning 2-dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlikda boshqarmaning faoliyati, о‘tkazilayotgan tadbirlar, tahliliy statistik ma’lumotlarni OAVda yoritish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bо‘lib о‘tdi.
Mazkur seminarda Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich so`zga chiqib, axborot xizmati faoliyatining tashkil etilishi, OAV bilan samarali hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statistik tahliliy ma’lumotlar asosida yangiliklar tayyorlash bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar berdi. Shuningdek, boshqarma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritilishi, fotosuratlarni sifatli olishini hamda matbuotda yoritilgan ma'lumotlarning monitoringi yuritilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.
Tayyorlanayotgan statistik tahliliy ma'lumotlar, oylik va chorakli press-relizlarni imloviy xatoliklarsiz tayyorlash, ularda qo‘yiladigan fotosuratlarning sifatiga alohida e'tibor qaratish va eng muhimi o‘z muddatida e'lon qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.
Seminar yakunida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga Axborot xizmati rahbari atroflicha javob berdi.
Axborot xizmati






