Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 57,2 trln so‘mlik oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 7,9 foizga oshgan.
Hududlar kesimida oziq-ovqat mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 10,2 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 7,9 trln so‘m;
Samarqand viloyati — 7,7 trln so‘m;
Andijon viloyati — 4,5 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 4,5 trln so‘m;
Buxoro viloyati — 3,7 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 3,5 trln so‘m;
Namangan viloyati — 3,5 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 2,5 trln so‘m;
Navoiy viloyati — 2,4 trln so‘m;
Xorazm viloyati — 1,8 trln so‘m;
Surxondaryo viloyati — 1,7 trln so‘m;
Sirdaryo viloyati — 1,7 trln so‘m;
Jizzax viloyati — 1,6 trln so‘m.



