Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonda transport xizmatlari hajmi 85,3 trln so‘mni tashkil etdi.

Transport xizmatlari hajmining turlari bo‘yicha tarkibi quyidagicha:

avtomobil transporti — 52,1 %;

yordamchi transport faoliyati — 15,2 %;

havo transporti — 13,8 %;

temir yo‘l transporti — 10,0 %;

quvur transporti — 8,9 %.

transport