Joriy yilning 2- dekabr kuni Qashqadaryo viloyati statistika boshqarmasida O`zbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasining “Mamlakatda davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish chora-tadbirlari to`g`risida”gi qarorining mazmun-mohiyati va ahamiyatni keng tushuntirish yuzasidan tadbir tashkil etildi.

uzqash1

uzqash2

Tadbirda Raisning ma’naviy-ma’rifiy ishlar samaradorligini oshirish, davlat tili to`g`risidagi qonun hujjatlariga rioya etilishini ta’minlash masalalari bo`yicha maslahatchisi Ahmedov Qiyomxon Elyosxonovich so`zga chiqib, qaror yuzasidan batafsil tushuntirish berib, davlat tilida ish yuritilishi bo`yicha tegishli taklif va tavsiyalar berdi.

uzqash3

uzqash4

Shuningdek, boshqarmaning buyruq, qaror hamda xatlari, umuman davlat tilida ish yuritishni samarali tashkil qilish nazorati bo’yicha boshqarmada xodim biriktirilishi va uning vazifalari alohida tushuntirildi.

Axborot xizmati