Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda ijara xizmatlari hajmi 6,4 trln so‘mni tashkil etgan.
O‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda 17,6 % ga o‘sish qayd etilgan.
Hududlar kesimida ijara xizmatlari hajmi quyidagicha:
Toshkent shahri — 2,5 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 668,7 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 601,8 mlrd so‘m;
Farg‘ona viloyati — 399,6 mlrd so‘m;
Andijon viloyati — 349,1 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 338,6 mlrd so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 325,7 mlrd so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 259,4 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 241,4 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 207,4 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 150,9 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 124,1 mlrd so‘m;
Navoiy viloyati — 113,9 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 112,2 mlrd so‘m.



