Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yil 1-yanvar holatiga 17 763 ta kutubxona faoliyat yuritmoqda.
Ularda 89,2 mln nusxada kitob va jurnallar mavjud.
Hududlar kesimida kutubxonalar soni quyidagicha:
Qoraqalpog‘iston Respublikasi – 1 058 ta;
Samarqand viloyati — 2 044 ta;
Qashqadaryo viloyati — 1 767 ta;
Surxondaryo viloyati — 1 600 ta;
Farg‘ona viloyati — 1 575 ta;
Namangan viloyati — 1 477 ta;
Toshkent viloyati — 1 446 ta;
Toshkent shahri — 1 217 ta;
Xorazm viloyati — 1 100 ta;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 1 058 ta;
Andijon viloyati — 1 058 ta;
Buxoro viloyati — 1 049 ta;
Sirdaryo viloyati — 887 ta;
Jizzax viloyati — 810 ta;
Navoiy viloyati — 675 ta.
Ma’lumot uchun, ushbu ko‘rsatkichga respublika hududidagi barcha kutubxonalar, ta’lim muassasalari, tashkilotlarga qarashli axborot-resurs markazlari hamda axborot-kutubxona markazlari kiritilgan.



