Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar–may oylarida O‘zbekistonga xorijdan qiymati 1,2 mln AQSH dollariga teng bo‘lgan 2,5 mln dona to‘p import qilingan.
Mazkur davrda O‘zbekistonga eng ko‘p to‘p yetkazib bergan davlatlar:
Xitoy — 2,4 mln dona;
Pokiston — 84,7 ming dona;
Buyuk Britaniya — 1 ming dona;
Hindiston — 840 dona;
Indoneziya — 685 dona;
Boshqa davlatlar — 1,6 ming dona.



