Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda yirik korxonalar tomonidan 19,7 trln so‘mlik kimyo mahsulotlari ishlab chiqarilgan.
Bu ko‘rsatkich 2025-yilning mos davriga nisbatan 4,7 foizga oshgan.
Hududlar kesimida kimyo mahsulotlari ishlab chiqarish hajmi quyidagicha:
Navoiy viloyati — 5,4 trln so‘m;
Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 3,6 trln so‘m;
Toshkent viloyati — 2,9 trln so‘m;
Qashqadaryo viloyati — 2,6 trln so‘m;
Toshkent shahri — 2 trln so‘m;
Farg‘ona viloyati — 1,9 trln so‘m;
Andijon viloyati — 362,2 mlrd so‘m;
Samarqand viloyati — 341 mlrd so‘m;
Buxoro viloyati — 239,9 mlrd so‘m;
Namangan viloyati — 209,3 mlrd so‘m;
Jizzax viloyati — 130,9 mlrd so‘m;
Xorazm viloyati — 36,2 mlrd so‘m;
Sirdaryo viloyati — 17,7 mlrd so‘m;
Surxondaryo viloyati — 12,3 mlrd so‘m.



