Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, O‘zbekistonda 2026-yilning yanvar-iyun oylarida FHDYO organlarida 92,3 mingta nikoh qayd etilgan.

Nikohlarning hududlar kesimidagi soni quyidagicha:

Samarqand viloyati — 10 150 ta;

Farg‘ona viloyati — 9 787 ta;

Qashqadaryo viloyati — 9 597 ta;

Toshkent shahri — 9 459 ta;

Andijon viloyati — 7 660 ta;

Surxondaryo viloyati — 7 552 ta;

Toshkent viloyati — 6 933 ta;

Namangan viloyati — 6 458 ta;

Xorazm viloyati — 5 881 ta;

Buxoro viloyati — 5 564 ta;

Qoraqalpog‘iston Respublikasi — 4 982 ta;

Jizzax viloyati — 3 546 ta;

Navoiy viloyati — 2 435 ta;

Sirdaryo viloyati — 2 310 ta.

photo_2026-05-01_22-14-14_p14959