Milliy statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, 2026-yilning yanvar-may oylarida O‘zbekistonda aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi 39 trln so‘mni tashkil etdi.
Bu ko‘rsatkich o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirganda 22,2 % ga oshgan.
Hududlar kesimida aloqa va axborotlashtirish xizmatlari hajmi:
Qoraqalpog‘iston Resp. – 618,1 mlrd so‘m
Andijon viloyati – 838,9 mlrd so‘m
Buxoro viloyati – 596,2 mlrd so‘m
Jizzax viloyati – 426,8 mlrd so‘m
Qashqadaryo viloyati – 812,7 mlrd so‘m
Navoiy viloyati – 462,8 mlrd so‘m
Namangan viloyati – 705,2 mlrd so‘m
Samarqand viloyati – 1,3 trln so‘m
Surxondaryo viloyati – 674,8 mlrd so‘m
Sirdaryo viloyati – 276 mlrd so‘m
Toshkent viloyati – 1,1 trln so‘m
Farg‘ona viloyati – 1,3 trln so‘m
Xorazm viloyati – 688,2 mlrd so‘m
Toshkent shahri – 29,1 trln so‘m



