Joriy yilning 4- dekabr kuni Navoiy viloyati statistika boshqarmasida Axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish hamda ommaviy axborot vositalari bilan hamkorlik qilish masalalariga bag‘ishlangan amaliy seminar bо‘lib о‘tdi.

nax-1

Mazkur seminarda Davlat statistika qo`mitasi Axborot xizmati rahbari – Raisning matbuot kotibi, axborot siyosati masalalari bo`yicha maslahatchisi Abdurasulov Usmon Rustamovich  so`zga chiqib, axborot xizmati faoliyatini samarali tashkil etish, OAV bilan yaqin hamkorlikni yo‘lga qo‘yish, statistik tahliliy ma’lumotlar asosida yangiliklar tayyorlash bo‘yicha amaliy ahamiyatga ega bo‘lgan takliflar berdi.

nax-2

Shuningdek, boshqarma tomonidan tashkil etiladigan tadbirlarni OAVda yoritilishi, fotosuratlarni sifatli olishini hamda matbuotda yoritilgan ma'lumotlarning monitoring qilib borilishi yuzasidan topshiriqlar berildi.

nax-3

Tayyorlanayotgan statistik tahliliy ma'lumotlar, oylik va chorakli press-relizlarni imloviy xatoliklarsiz tayyorlash, ularda qo‘yiladigan fotosuratlarning sifatiga alohida e'tibor qaratish va eng muhimi o‘z muddatida e'lon qilish yuzasidan xodimlarga tushuntirishlar berildi.

nax-4

Seminar yakunida viloyat statistika boshqarmasi xodimlari tomonidan berilgan savollarga Axborot xizmati rahbari atroflicha javob berdi. 

Axborot xizmati